2-May, 2025-yil 12:03 123
Yangiliklar
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSIYAGA BAG‘ISHLANGAN KONFERENSIYA

Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki hamda Toshkent Menejment va Iqtisodiyot Instituti hamkorligida “Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va innovatsion muhandislik yechimlari: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. ➡️Konferensiyani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ochib berib, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirishning dolzarb jihatlari, shuningdek, bu sohadagi istiqbolli loyihalarning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar. ✅Tadbir davomida zamonaviy texnologiyalar, muhandislik yondashuvlari va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi yangi yo‘nalishlar muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘z tajriba va bilimlarini almashib, yangi hamkorliklar uchun mustahkam zamin yaratdilar. -Konferensiyada, shuningdek: -O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, iqtisod fanlari doktori,professor Jumayev Nodir -Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki direktori Sultanov Mansurbek, -Toshkent Menejment va Iqtisodiyot Instituti rektori Axmedov Xojiakbarxon, -IT Park rezidentlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Lazizbek Khudayev so‘zga chiqib, raqamli transformatsiya, innovatsion muhandislik yondashuvlari, ta’lim va sanoat integratsiyasi, yoshlar salohiyatini yuzaga chiqarish bo‘yicha o‘z qarashlari va amaliy takliflarini bildirdilar. Bunday konferensiyalar yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish va ilmiy hamkorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.