2-May, 2025-yil 12:05 123
Yangiliklar
Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Xitoy Xalq Respublikasining yirik kompaniyalari vakillari, jumladan Shandong Yishui hukumati delegatsiyasi, xususiy sektor tadbirkorlari hamda Garage Coffee (Center Asia) Investment Co., Ltd vakillari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida mehmonlar texnopark faoliyati, ilmiy-amaliy loyihalar, startaplar bilan ishlash tizimi va yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar. Muzokaralar yakunida Inno texnoparki bilan Xitoy delegatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va investitsion aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi. Shu bilan birga, bir qancha oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Xitoylik investorlar texnoparkning ilg‘or infratuzilmasi va strategik yo‘nalishlarini yuqori baholagan holda, sarmoya kiritish istagini bildirdilar. Bunday xalqaro darajadagi tashriflar va kelishuvlar texnopark faoliyatini yangi bosqichga olib chiqadi hamda mintaqaviy innovatsion ekotizim rivojiga salmoqli hissa qo‘shadi.