? Saytimizning yangi versiyasi ishga tushdi!  >  innotechnopark.uz       ? Saytimizning yangi versiyasi ishga tushdi!  >  innotechnopark.uz       ? Saytimizning yangi versiyasi ishga tushdi!  >  innotechnopark.uz    
2-May, 2025-yil 12:09 1150
Yangiliklar
“Ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni innovatsion rivojlantirishda yosh tadqiqotchilarning roli” mavzusida talabalar konferensiyasi bo'lib o'tdi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “INNO” innovatsion o’quv-ishlab chiqarish texnoparki hamda “Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti” hamkorligida "Muhandislik oyligi” doirasida talabalar xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferentsiyani Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev hamda Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti rektori Xojiakbarxon Axmedov ochib berdi. Shuningdek, talaba va o'quvchi yoshlar, IT Park, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Toshkent shahar yosh olimlar va o‘qituvchilar kengashi mas'ul xodimlari shtirok etdilar. Tadbir doirasida "BRAINTECH" START-UP loyihalari tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar: 1-o'rin – Husan G'ulomov; 2-o'rin – Zabixulloh Xamidullayev; 3-o'rin – Farruh Narimonov. Maktablararo "Matematika" va "Iqtisodiy bilim asoslari" fanlaridan o‘tkazilgan olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o’tkazildi.