2-Iyun, 2025-yil 15:15 44
Yangiliklar
Xalqaro hamkorlik — yangi bosqichda!

INNO texnoparki direktori Sultanov Mansurbek Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib qaytdilar. Ushbu tashrif doirasida Xitoyning ilg‘or texnoparklari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Muzokaralar natijasida: INNO texnoparki va Xitoy texnoparklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi O‘zbekistonlik yosh startapchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xitoy investorlari tomonidan investitsiyalar jalb etilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi Innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, texnologik almashinuv va tajriba o‘rtoqlashish bo‘yicha reja ishlab chiqildi Ushbu tashabbus INNO texnoparkining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish va innovatsion ekotizimni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Yangi bosqich — yangi imkoniyatlar!