2-Iyun, 2025-yil 15:17 37
Yangiliklar
Toshkent davlat transport universiteti talabalarining amaliyot jarayoni

Toshkent davlat transport universiteti talabalari INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida dual ta’lim tizimi asosida o‘z amaliyot mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Mazkur jarayon doirasida talabalar: Nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish sharoitida mustahkamlashmoqda Amaliy ko‘nikmalarni egallab, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashni o‘rganmoqda Innovatsion loyihalarda bevosita ishtirok etmoqda Dual ta’lim — oliy ta’lim va amaliyotning uyg‘unlashgan shakli bo‘lib, talabalarga malakali mutaxassis sifatida shakllanish imkonini beradi. INNO texnoparki esa bu jarayon uchun zamonaviy infratuzilma, tajribali mutaxassislar va amaliy muhitni taqdim etmoqda.