2-Iyun, 2025-yil 15:18 41
Yangiliklar
UNCTAD delegatsiyasi Inno Texnoparkda!

Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga BMTning Savdo-sotiq va rivojlanish bo‘yicha komissiyasi (UNCTAD) delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlar texnoparkning asosiy yo‘nalishlari, ilmiy va amaliy loyihalari bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarish zonasi, robototexnika va zamonaviy laboratoriya xonalarini ko‘zdan kechirishdi. Ushbu tashrif xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, texnologik rivojlanishni rag‘batlantirish hamda innovatsion muhitni yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Texnopark – bu kelajakni bugundan qurayotganlar uchun imkoniyatlar maydoni!