2-Iyun, 2025-yil 15:22 41
Yangiliklar
INNO Texnoparkda BMT vakilining tashrifi!

BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer “INNO” Texnoparkka tashrif buyurdi. Tashrif davomida u texnoparkda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion loyihalar va startaplar, ishlab chiqarish zonalari hamda texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Felipe Paulliyer talaba-yoshlar uchun tashkil etilgan amaliyot dasturlari, innovatsion g‘oyalarni prototip holatiga keltirish jarayonlari va bu borada Yoshlar akademiyasi bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlari natijalarini ko‘zdan kechirdi va ularni yuqori baholadi. Felipe Paulliyer, ayniqsa, INNO Texnopark tomonidan iqtidorli yoshlarning g‘oyalari “startup” bosqichidan to to‘liq biznesgacha yetkazilishida ko‘rsatilayotgan tizimli va samarali qo‘llab-quvvatlovni alohida e’tirof etdi. Tashrif doirasida kelajakda xalqaro miqyosdagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muzokaralar ham olib borildi. “INNO” Texnopark – yoshlar innovatsiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy muhit!