2-Iyun, 2025-yil 15:24 37
Yangiliklar
Sarbon universiteti talabalari Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida

Sarbon universiteti talabalari Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar texnoparkning asosiy yo‘nalishlari, ishlab chiqarish zonalari, robototexnika bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlanmalar, zamonaviy laboratoriya xonalari va texnik infratuzilma bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur tashrif yoshlar orasida innovatsion tafakkurni shakllantirish, amaliy bilim va ko‘nikmalarni boyitish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi. Inno texnoparki — bilim, tajriba va innovatsiyalar chorrahasida!