“Gyeongsangbuk-do Global Talent Center” ochilish marosimi doirasida Maxkamov Otabek Muxtarovich va Jeong Seong Hyun ramziy daraxt ekish marosimida ishtirok etdilar. Bu harakat ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va barqaror taraqqiyotga qaratilgan hamkorlikning ramzi sifatida e’tirof etildi. Ikki tomonlama hamkorlikning navbatdagi bosqichlari muhokama qilindi. Tomonlar kelajakdagi qo‘shma loyihalar, texnologiyalar almashinuvi va innovatsion kadrlar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli rejalarni ko‘rib chiqdilar.