Toshkent kimyo texnologiya institutining iqtidorli talabalari Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurdi. ⠀ Tashrif davomida talabalar: -Texnoparkning umumiy faoliyati -Ishlab chiqarish zonalari -Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari -Robototexnika va zamonaviy texnologiyalar xonalari bilan yaqindan tanishdilar. ⠀ Bu kabi tashriflar yoshlarda texnologiyalarga qiziqishni oshirib, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. ⠀ Texnopark – ilm-fan va ishlab chiqarish chorrahasida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash sari muhim qadamlardan biridir.