? Saytimizning yangi versiyasi ishga tushdi!  >  innotechnopark.uz       ? Saytimizning yangi versiyasi ishga tushdi!  >  innotechnopark.uz       ? Saytimizning yangi versiyasi ishga tushdi!  >  innotechnopark.uz    
28-July, 2025-yil 11:58 975
Yangiliklar
Yosh avlod uchun ilhomlantiruvchi texnotur!

Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga Intellect School maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tashrif buyurdi. Texnotur davomida kichik mehmonlar texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, robototexnika zonasi bolajonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular zamonaviy texnologiyalar olamiga kirib borib, turli robotlar ish jarayonini ko‘zdan kechirdilar. Bu kabi tashriflar yoshlarning ilm-fanga, texnologiyaga va innovatsiyalarga qiziqishini oshirishda muhim o‘rin tutadi.