INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Olmazor tumani hokimi Azizxon Umarxonov boshchiligida Turkiya delegatsiyasi investorlari tashrif buyurdi. Mehmonlarni texnopark bosh direktori Sultanov Mansurbek kutib olib, ularni INNO texnoparkining faoliyati, imkoniyatlari va istiqboldagi rejalar bilan yaqindan tanishtirdilar. Tashrif davomida investorlar Olmazor tumanida joylashgan Cambridge, International English School, Najot Ta’lim, Target va boshqa o‘quv markazlari, shuningdek, yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot olib bordilar. Uchrashuv chog‘ida hududda investitsiya kiritish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashrif ikki tomonlama hamkorlik va ta’lim sohasida yangi investitsion loyihalarga zamin yaratishi kutilmoqda.