3-Dekabr, 2025-yil 10:58 13
Yangiliklar
Toshkent Turin Politexnika Universiteti qoshidagi Akademik Litsey talabalari “Inno” Texnoparkda!

Toshkent Turin Politexnika Universiteti qoshidagiAkademik Litsey 2-bosqich talabalari “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga ekskursiya tashrifini amalga oshirdilar. Tashrif davomida talabalar texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarish zonalaridagi jihozlar, zamonaviy laboratoriyalar hamda robototexnika zonalarida innovatsion jarayonlarni ko’zdan kechirishdi. “Inno” Texnopark yosh avlodni innovatsiyalar olamiga kengroq jalb qilish, ularning texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish va amaliy bilimlarini mustahkamlashni davom ettirmoqda.