3-Dekabr, 2025-yil 10:59 14
Yangiliklar
“Gyeongsangbuk-do mintaqaviy vizasi bo‘yicha xorijiy kadrlarni jalb qilish yarmarkasi” Inno Texnoparkda

“Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki hamda Koreya Respublikasining Gyeongsangbuk-do viloyatihamkorligida yirik xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda: 🇰🇷 Koreya Respublikasining Gyeongsangbuk-do viloyati, Gyeongsangbuk-do texnoparki, K-Dream chet elda iqtidorlarni ishga olish markazi va boshqa kompaniyalar; 🇺🇿 O‘zbekiston tomonidan esa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Inno Texnopark, Tashqi Migratsiya agentligi hamda hamkor universitetlar rahbarlari ishtirok etishdi. Yarmarkada 300 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Tadbir davomida ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy kadrlarni jalb qilish va innovatsion sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. - O‘zbek yoshlariga Koreya bozoridagi imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.