Mazkur davra suhbati “Oliy ta’lim orqali innovatsiya, yangi zamonaviy texnologiyalar va jamiyat taraqqiyotini rivojlantirish” mavzusida olib borildi. Unda ikki davlatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, iqtisod fanlari doktori, professor Gulnora Abduraxmanova ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi Xitoy va O‘zbekiston universitetlari o‘rtasida fan, taʼlim va innovatsiya sohalarida hamkorlikni yana-da rivojlantirish, yangi tashabbuslarni amalga oshirish hamda strategik yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.