3-Dekabr, 2025-yil 11:04 15
Yangiliklar
INNO Texnopark Xitoydagi xalqaro forumda

Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan yirik xalqaro anjumanda siyosat, ilm-fan va iqtisodiyot sohalaridagi yetakchilar ishtirok etdi. Tadbirda INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki bosh direktor o‘rinbosari Urunboyev Sadriddin Komiljonovich ham qatnashdi. Forumda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, innovatsiya va yashil iqtisodiyot konsepsiyalarini keng joriy etish masalalari muhokama qilindi. Yangi imkoniyatlar orqali Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston ham global innovatsion tarmoqlarga faol qo‘shilishi mumkinligi ta’kidlandi.