3-Dekabr, 2025-yil 11:06 15
Yangiliklar
Belarus Respublikasi Ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari INNO texnoparkda!

INNO texnopark Belarus Respublikasi Ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gennadyevich Baxanovichni qabul qildi. Tashrif — texnopark faoliyati, infratuzilmasi, innovatsion va ta’lim yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishish, yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlash hamda oliy ta’lim muassasalari va sanoat korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirish jarayonlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Tashrif davomida mehmon texnoparkning ilmiy va ishlab chiqarish laboratoriyalarida bo‘lib, talabalar amaliyot o‘taydigan, real buyurtmalar ustida ishlaydigan va startap loyihalarini amalga oshiradigan bo‘limlar faoliyati bilan tanishdi. INNO texnoparki bosh direktori Mansurbek Qilichovich Sultonov texnoparkning tuzilmasi, maqsadlari va erishilgan natijalari haqida batafsil ma’lumot berdi. Aleksandr Gennadyevich texnoparkdagi zamonaviy jihozlar, o‘quv-ishlab chiqarish jarayonining yuqori darajada tashkil etilganini va talabalarning nazariy bilimni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtira olayotganini yuqori baholadi.