3-Dekabr, 2025-yil 11:07 14
Yangiliklar
Belarusdan tashrif – yangi hamkorlik ufqlari!

INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga Belarus Respublikasidan RIPO (Rеспубликанский институт профессионального образования) birinchi prorektori Yuliya Sycheva tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmon texnoparkning faoliyati, ishlab chiqarish zonalari, laboratoriyalari hamda robototexnika xonalari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, duall ta’lim dasturi doirasida o‘qiyotgan talabalar faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim va ilmiy-metodik yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, hamda kelgusida qo‘shma loyihalar va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar. INNO texnoparki xalqaro ta’lim hamkorliklarini kengaytirishda davom etadi!