“Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim muassasalari, hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari o‘z innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdilar. Tadbirda quyidagi nufuzli mehmonlar so‘zga chiqib, ishtirokchilarni bayram bilan qutladilar: Jumanazarov Akmal Ro‘ziqulovich – O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Sharipov Kongratbay Avezimbetovich – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Mansurov Timur Tilloyevich – Iqtisodiy hamkorlik departamenti ilmiy-texnik hamkorlik va innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Turobjonov Sadriddin Mahamadjanovich – Toshkent davlat texnika universiteti rektori Tadbir davomida mehmonlar va yosh mutaxassislarning ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.