3-Dekabr, 2025-yil 11:09 13
Yangiliklar
INNO texnoparkida o‘tgan “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash” ko‘rgazmasi doirasida eng faol ishtirokchilar taqdirlandi!

“Yil standartchisi – 2025” milliy mukofoti va “Sifat sohasidagi mukofot” milliy mukofoti sovrindorlari tantanali ravishda e’tirof etildi. Ko‘rgazma davomida barcha ishtirokchilar standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi innovatsion loyihalar, ishlanmalar va eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir nafaqat soha mutaxassislari, balki yoshlar uchun ham o‘z g‘oyalari va ishlanmalari bilan bo‘lishish imkoniyatini yaratdi.