3-Dekabr, 2025-yil 11:10 12
Yangiliklar
Inno Texnoparkda Malayziya delegatsiyasi

“Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga Malayziyaning Meraque kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar texnoparkning umumiy faoliyati, ishlab chiqarish zonalari hamda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. “Meraque” kompaniyasi — dron texnologiyalari, avtomatlashtirish va aqlli tizimlar sohasida yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, texnopark bilan kelgusida qo‘shma loyihalar va hamkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Ushbu tashrif “Inno” Texnopark uchun xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va yosh mutaxassislar uchun amaliy tajriba almashish imkoniyatlarini yaratishda muhim qadam bo‘ldi. “Inno” Texnopark — innovatsiyalar va texnologik hamkorlik markazi!