O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki hamda Belarus Respublikasining ilmiy-texnologik parklar tarmog‘i vakillari o‘rtasida onlayn videokonferensiya tashkil etildi. Tadbir Belarusdagi RИUP “Ilmiy-texnologik park BNTU ‘Politekhnik’” (Minsk sh.) bazasida o‘tkazilib, unda ikki davlatning texnoparklari, ta’lim va ilmiy muassasalari vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida tomonlar texnoparklar faoliyati, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tajribalari hamda startap ekotizimini rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek, innovatsiyalar sohasidagi yangi imkoniyatlar, qo‘shma ilmiy-ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy ta’lim yondashuvlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Videokonferensiya davomida INNO texnoparki faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi hamda kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.