3-Dekabr, 2025-yil 11:17 15
Yangiliklar
INNO texnoparkida ESG tamoyillariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

“Inno” innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkida “ESG tamoyillari — hududlarni barqaror rivojlantirish va biznesni transformatsiyalash drayveri” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Daminov Asqarali Davlatovich, Toshkent Menejment va Iqtisodiyot Instituti rektori Axmedov Xojiakbarxon Dilshatovich, INNO texnoparki bosh direktori Sultonov Mansurbek Qilichovich hamda turli muassasa va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Anjuman davomida mamlakatimizda innovatsiyalar, yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish sohasida olib borilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.