3-Dekabr, 2025-yil 11:20 13
Yangiliklar
Amaliyot — kelajak poydevori

Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida talabalar amaliyot jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Texnoparkning zamonaviy ishlab chiqarish zonalari, laboratoriyalari va texnologik infratuzilmasida talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazish, kasbiy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Mazkur amaliyot jarayonlari yosh mutaxassislarni real sanoat muhiti bilan yaqindan tanishtirib, ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga mustahkam tayyorgarlik vazifasini bajaradi.