INNO innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkida Erasmus+ doirasidagi “GreenEngine – Fostering Creative Engineering for a Sustainable Green World” xalqaro loyihasining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Loyiha 2025–2028 yillarda amalga oshiriladigan 36 oylik yirik xalqaro tashabbus bo‘lib, Erasmus+ ning “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish” yo‘nalishi orqali moliyalashtiriladi. Budjeti — 596 ming yevrodan ortiq. Ushbu tashabbus O‘zbekiston, Gruziya, Italiya, Gretsiya va Turkiyadagi 11 ta nufuzli tashkilotni birlashtirishi bilan ahamiyatli. Loyiha Yevropa Komissiyasi tomonidan 82 ball bilan yuqori baholangan. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov qatnashib, loyihaning milliy ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida ma’ruza qildi. Ishtirokchilar tomonidan GreenEngine loyihasi: yangi avlod muhandislarini tayyorlash universitet–texnopark–sanoat hamkorligini kuchaytirish xalqaro standartlarga mos muhandislik dasturlarini yaratish yashil texnologiyalar bo‘yicha ekspertlar tayyorlash zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish kabi yo‘nalishlarda O‘zbekiston uchun strategik ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. INNO texnoparki ushbu xalqaro tashabbus doirasida innovatsiyalar, amaliy ta’lim va sanoat hamkorligini yanada mustahkamlashni davom ettiradi.