Toshkent davlat transport universiteti va INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparki o'rtasida memorandum imzolandi. Ushbu hamkorlik kelgusida innovatsion madaniyatning rivojlanishiga, kadrlar tayyorlash sifatining oshishiga, shu qatorda, ta’lim, fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.Talabalar, universitet olimlari hamda texnopark bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. Bunda tomonlar mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish, ishlab chiqarish jarayoniga yangi innovatsion g‘oyalar va texnologik ishlanmalarni joriy etishni amalga oshiradi. Shuningdek, innovatsion faoliyat - yangi ishlanmalarni tashkil etishda, yosh innovatorlarni kashf qilishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.