14-Iyul, 2024-yil 22:01 338
Yangiliklar
Xitoy Xalq Respublikasining delegatsiya vakillari tashrif buyurdi.

“INNO" innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga Xitoy Xalq Respublikasining Shandon provinsiyasi tashqi savdo professional kolleji rektori va mas'ul hodimlari tashrif buyurdi. Tashrif buyurgan mehmonlar texnopark hududidagi zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari, innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan robototexnika va elektronika, biotexnologiya, standartlashtirish va metrologiya laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi. Kelgusida talaba yoshlar o'rtasida bilim tajriba almashinuv masalalari muhokama qilindi. Rejalar belgilab olindi.