14-Iyul, 2024-yil 22:01 284
Yangiliklar
Qozog'iston Respublikasi Inter Partner kompaniyasi direktori bilan muzokaralar bo'lib o'tdi.

“INNO" innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Qozog'iston Respublikasi Inter Partner kompaniyasi direktori Zeynegul Bisenova bilan muzokaralar bo'lib o'tdi. Qo'shni davlat vakili bilan suhbatda o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Korhonalar faoliyati, ishlab chiqarish va import- eksport bo'yicha tajriba almashildi. Suhbat davomida tomonlar  oʻrtasidagi  hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlaridan biri bu innovatsion mahsulot, texnika- texnologiya ekani qayd etilib, ikki davlat oʻrtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, shu jumladan, kelgusida kelishuvlarni amalga oshirish belgilab olindi.