14-Iyul, 2024-yil 22:01 153
Yangiliklar
Rossiya delegatsiyasi “INNO” texnopark faoliyati bilan tanishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Rossiya Federatsiyasi Yangi loyihalarni ilgari surish boʻyicha strategik tashabbuslar agentligi bosh direktori S.V. Chupsheva boshchiligidagi delegatsiya texnoparkda yaratilgan sharoitlar hamda ish faoliyati bilan tanishtirdi. Delegatsiya tarkibida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining raqamli va texnologik rivojlanish bo'yicha maxsus vakili, NTI platformasi ANO bosh direktori Dmitriy Peskov Skolkovo fan va texnologiya institutining aloqa va jamiyatni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti Aleksey Sitnikov ham bo'lib, ular texnopark yoshlari tomonidan yoʻlga qoʻyilayotgan loyihalar va ishlab chiqarish zonasi koʻzdan kechirdilar. Mehmonlarga texnopark rezidentlariga yaratilgan imtiyoz, preferensiyalar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, texnopark hududidagi zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari, innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan robototexnika va elektronika, biotexnologiya, standartlashtirish va metrologiya laboratoriyalari faoliyati ko‘rsatildi. So‘ng ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari va imkoniyatlari bo‘yicha aloqalarni faollashtirish yuzasidan muzokaralar olib borilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.