14-Iyul, 2024-yil 22:01 335
Yangiliklar
Gyeong- Buk Techno Park va INNO o'zaro hamkorlik Memorandumini imzoladi.

INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparki direktori Janubiy Koreya Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirmoqda. Tashrif davomida "Gyeong- Buk Techno Park" binosida INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkining Koreyadagi yangi ofisi rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Gyeongbuk TechnoParki bugungi kunda mahalliy sanoatni rivojlantirish, biznesni qo'llab-quvvatlash, innovatsiyalarning markazi sifatida mahalliy iqtisodiyot rivojiga hissa qo'shib kelmoqda. Shuningdek, korxonalar, universitetlar, ilmiy tadqiqot institutlari hamkorligini ham ta'minlaydi. Shundan so'ng Koreya Respublikasining ilmiy- tadqiqot markazlari, universitetlari bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish yuzasidan muzokaralar amalga oshirildi va memorandum imzolandi. Memorandum "Gyeongbuk TechnoPark" ijro etuvchi direktori  Ha In Su va INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparki bosh direktori Mansur Sultonov tomonidan imzolandi. Koreya Respublikasi va O'zbekiston texnoparklari o'rtasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, axborot almashish, ikkala mamlakat uchun eksport faoliyatini soddalashtirish va investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ma'muriy qo'llab- quvvatlash o'rin olgan. Shuningdek, iqtidorli yoshlarning loyihalarini qo'llab- quvvatlash, tadbirkorlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish yuzasidan tajriba almashish ko'zda tutilgan. Ushbu hamkorlik innovatsion, ilmiy- texnikaviy faoliyatni qo'llab - quvvatlash va rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.