14-Iyul, 2024-yil 22:01 215
Yangiliklar
George Fox Universiteti (AQSh) va INNO texnopark o'rtasida memorandum imzolandi

Amerika Qo'shma Shtatlarining George Fox universitetidan kelgan professor-o'qituvchilar INNO innovatsion o'quv- ishlab chiqarish texnoparki faoliyati bilan tanishdi. Joriy yilning 16 may kuni Dr Robert Harder boshchiligidagi bir guruh professor - o'qituvchilar va mutaxassislar texnoparkdagi ishlab chiqarish jarayonlari, yoshlarning innovatsion ixtiro va ishlanmalari bilan tanishdilar. Tashrif davomida George Fox Universiteti (AQSh) va INNO innovatsion o'quv- ishlab chiqarish texnoparki o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hamkorlik ikki davlat o'rtasida ta'lim, fan, innovatsiya sohasidagi hamkorlikni amalga oshirish hamda tajriba almashish imkonini beradi. Shuningdek, kelgusida muhandislik va ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirishga zamin yaratadi.