Joriy yilning 18 - may kuni, “Toshkent shahar hokimligi”, “Yoshlar ishlari agentligi”, “Yoshlar Akademiyasi” va “Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi” bilan hamkorlikdagi “Talaba-Fest” loyihasi doirasida barcha bitiruvchi talabalar hamda, iqtidorli yoshlar o’rtasida "Innovatsion texnologiyalar" ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Tadbir yakunida, “Eng yaxshi innovatsion g’oya” egalari hakamlar hay'ati tomonidan baholandi va taqdirlandi. Shuningdek tadbirda Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Otabek Mahkamov va Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Durdona Rahimovalar so'zga chiqdi.