14-Iyul, 2024-yil 22:01 340
Yangiliklar
Anjuman ishi yalpi majlislarda davom etdi

Unda ikki davlat muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari ilg‘or muhandislik maktablarini yaratish tajribasi, texnik ta’limni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari, fan va ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik istiqbollari bo‘yicha ma’ruza qilishdi. oshkent texnika universiteti rektori, akademik S.Turabjanov o‘z ma’ruzasida ilg‘or muhandislik maktablarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, “Energiyani tejash va qayta tiklanadigan energiya manbalari” laboratoriyasi, 600 kVt quvvatga ega transformatorlar sinov poligoni, shuningdek, 1,8 MVt quvvatga ega quyosh va shamol elektr stansiyasining sinov poligoni yaratildi. Bundan tashqari, NSP uskunalari uchun texnik shartlar ishlab chiqilib, jihozlar va moddiy-texnika baza bilan ta'minlandi. Akademik, o‘z navbatida, ilg‘or muhandislik maktablarini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. “MPEI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Nikolay Rogalev Rossiya energetika sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalasida “MPEI” Milliy tadqiqot universiteti tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. “MPEI” Milliy tadqiqot universiteti qoshida bugungi kunda mamlakatimizdagi yagona o‘quv va tajriba issiqlik elektr stansiyasi mavjud bo‘lib, u zamonaviy yuqori samarali kombinatsiyalangan siklli energiya bloki bilan jihozlangan. 700 dan ortiq tashkilotlar, jumladan, Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi, Gazprom, Rosatom va boshqalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Toshkent davlat transport universiteti prorektori A. G‘ulomov transport injiniringi ilg‘or muhandislik maktabi haqida ma’ruza qildi. NSP transport injiniringining maqsad va vazifalari, xususan, ta’lim, fan va ishlab chiqarish sohalarida real loyihalarga jalb qilish orqali transport muhandisligi va vagon qurilishi sohasida jahon darajasidagi muhandislarni tayyorlashdan iborat.