14-Iyul, 2024-yil 22:01 371
Yangiliklar
“Tarmoq – korxona oliygoh” asosida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish borasida takliflar muhokamasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov davlat rahbari raisligida o‘tgan yig‘ilishda muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimida mavjud yutuq va kamchiliklar qayd etib o‘tilgani, shu bilan birga, kelgusida sohada amalga oshirish lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berilganini qayd etib, ularga to‘xtalib o‘tdi Shundan so‘ng, oliygohlar rahbarlari va soha mutaxassislarining tizimni rivojlantirish bo‘yicha taklif va mulohazalari tinglandi Shuningdek, “tarmoq – korxona oliygoh” zanjiri asosida har bir oliygoh sanoat hamkorini topish va dual ta’limni yo‘lga qo‘yish borasida takliflar muhokama qilindi 10 ta oliygohda “Oliy muhandislik maktablari” ochilishi, bunda har bir hududdan muhandislik sohasida ilg‘or oliy ta’lim muassasalari tanlab olingan holda faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi bildirildi