14-Iyul, 2024-yil 22:01 332
Yangiliklar
Rossiya - O’zbekiston ta’lim forumi bo'lib o'tdi.

24–25-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Kelajak taʼlim makoni: yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar” mavzusida Rossiya-Oʻzbekiston toʻrtinchi taʻlim forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Administratsiyalari, ta’lim vazirliklari, oliy va professional ta’lim muassasalari, IT, madaniyat va madaniy meros, yoshlar tashkilotlaridan jami 150 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsion texnologiyalar sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladigan mazkur forumda qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, ikki davlat rahbarlarining tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan rektorlar forumlari bugungi kunga kelib o‘z ichiga ta’limning barcha bosqichlarini, ilm-fan, madaniyat, tibbiyot, ishlab chiqarish sohalarini qamrab olgan muhim xalqaro platformaga aylangani ta’kilandi.