15-Iyul, 2024-yil 11:27 314
Yangiliklar
Rezidentlar faoliyatini tashkil etish bo'yicha ichki komissiya yig'ilishi bo’lib o’tdi

INNO innovatsion o'quv- ishlab chiqarish texnoparkida rezidentlar faoliyatini tashkil etish bo'yicha ichki komissiya yig'ilishi bo’lib o’tdi Ushbu komissiya texnoparkning rivojlanishi uchun muhim bo'lgan yangi rezidentlarni qabul qilish tartibi va mezonlarini ishlab chiqish va takomillashtirish maqsadida tashkil etildi. Yig’ilishda bosh direktor Mansurbek Sultanov, rezidentlar bilan ishlash boʻlimi hodimlari Shoxruh Toshmatov, Xamidulla Mahamatov, Azizjon Akramov hamda bir qancha rezidentlikka nomzod tadbirkorlar qatnashdilar. Yig'ilish yakunida mavjud rezident maqomini olish tizimini yaxshilash bo'yicha tavsiyalar qabul qilindi va kelgusida rezident maqomini olish istagida bo’lgan tadbirkorlarni faoliyati bilan tanishish va ular bilan istiqbolli hamkorlikda ishlash hamda soliq imtiyozlaridan to’g’ri foydalanish bo’yicha ma’lumotlar berildi.