15-Iyul, 2024-yil 11:29 218
Yangiliklar
Turkiyaning Bilkent Cyberpark kompaniyasi vakili Faruk Inaltekin tashrif buyurdi

INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkiga Turkiyaning Bilkent Cyberpark kompaniyasi vakili Faruk Inaltekin tashrif buyurdi Tashrif davomida texnopark faoliyati, rezidentlar mahsuloti, ishlab chiqarish zonasidagi ishlar ko'zdan kechirildi. Rezidentlar mahsulotlari, ularga berilgan imtiyozlar haqida ma'lumotlar berildi. Kelgusidagi hamkorlik va loyihalar taqdimoti amalga oshirildi. Shartnoma va rejalar kelishib olindi. Bilkent Cyberpark - 2002-yilda Turkiyaning birinchi va eng mashhur bo'lgan Bilkent universiteti tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan fan va texnologiya parkidir. Turli sohalardagi 300 dan ortiq yetakchi kompaniyalari, tadqiqot markazlari, mikro-nanochip zavodi va texnologiyaga asoslangan tadbirkorlik markazlari mavjud.