15-Iyul, 2024-yil 13:29 206
Yangiliklar
Oliy ta'lim muassasalari talabalari amaliyot jarayonlarini amalga oshirmoqda

INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkida oliy ta'lim muassasalari talabalari amaliyot jarayonlarini amalga oshirmoqda. Talaba - yoshlar Ishlab chiqarish zonasidagi dastgohlarda ishlash bilan bir qatorda nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo'llamoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilab berilgan qator topshiriqlar ijrosini sifatli ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar doirasida texnoparkda talaba - yoshlar uchun barcha shart- sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, “tarmoq – korxona oliygoh” zanjiri asosida har bir oliygoh sanoat hamkorini topish va dual ta’limni yo‘lga qo‘yish borasida Toshkent Traktor zavodi hamda Uzautomotors bilan hamkorlik o'rnatilgan.