15-Iyul, 2024-yil 13:31 403
Yangiliklar
Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

"Inno" innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda texnopark bosh direktori Mansurbek Sultanov, “Yashnobod innovatsion texnopark”i direktori Abdulxamidov Shoxjaxon, protokol xizmati boshlig'i Otaxonov Rasulbek hamda Ozarbayjan Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi raisi Jeyhun Salmonov va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o'rinbosari Turana Gasimova bilan o'zaro hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borildi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat vakillari kelgusida innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida o'zaro fikr almashish, hamda iqtidorli yoshlarni qo'llab- quvvatlash maqsadida stajirovkalar tashkil etish bo'yicha kelishuvlar amalga oshirildi. Ilmiy - texnikaviy, innovatsion sohani rivojlantirish bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi, rejalar belgilab olindi.