Prezident Shavkat Mirziyoyev "INNO" innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrifi davomida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig'ilishida sohani rivojlantirish masalasi ilgari surilgan edi. Yig'ilishda berilgan topshiriqlarga ko’ra, joriy yilning 10-iyul kuni Toshkent shahridagi Belarus O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori A.Baxodirov boshchiligidagi o'quv-uslubiy bo'lim boshlig'i, fakultet dekanlari va kafedralari mudirlaridan iborat ishchi guruh "INNO" innovatsion o’quv-ishlab chiqarish texnoparki direktori M.Sultanov tomonidan texnopark faoliyati va u yerdagi imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Tashrif davomida ikki tomonlama Memorandum tuzish orqali texnoparkda talabalar amaliyotini tashkil qilish, hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yish, birgalikda xalqaro ilmiy-innovatsion loyihalarda ishtirok etish kabi masalalar ko’rib chiqildi.