17-Iyul, 2024-yil 9:19 438
Yangiliklar
Toshkent shahridagi Belarus - O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti bilan memorandum imzolandi.

INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkida Toshkent shahridagi Belarus - O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti bilan memorandum imzolandi. Texnopark bosh direktori Mansurbek Sultanov va institut ijrochi direktori Azizbek Bahodirov o'zaro hamkorlik memorandumini imzoladi. Ushbu hamkorlik kelgusida zamonaviy texnologiyalar va robototexnika, raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish va o'zaro tajriba almashish imkonini beradi. Shuningdek, fan va texnikaning rivojlanishiga, professor- o'qituvchilar hamda talaba- yoshlarning o'zaro hamkorligini o'rnatishga zamin yaratadi.