22-Iyul, 2024-yil 15:14 379
Yangiliklar
Vazirlik delegatsiyasi vakillari Xitoyning Uhan shahrida konferensiyada ishtirok etishmoqda

22-iyul 2-avgust kunlari Xitoyning Uhan shahrida BMT ning Savdo va taraqqiyot bo'yicha konferensiyasining "Ilm-fan, texnologiyalar va innovatsion parklarni rivojlantirish" (Science, Тесhnоlоgу аnd Innоvаtiоn Parks sustainable for development) loyihasi seminari bo'lib o'tmoqda. Seminarda INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparki bosh direktori Mansur Sultanov ishtirok etmoqda. Seminarning 1-kunida Xitoyning rivojlanish jarayoni va innovatsion inkubatorlar tendensiyasi mavzularida maʼruzalar bo‘lib o‘tdi, rivojlanish tajribalarini o'rganildi. Loyiha doirasida O’zbekiston va Xitoy texnoparklari, biznes-inkubator va akseleratorlari o’rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo'yish, jumladan, tajriba almashinuvi, kadrlar malakasini oshirish hamda startap va innovatsion loyihalarni rivojlantirish bo'yicha qo’shma o’quv dasturlarini tashkillashtirish ko’zda tutilgan.