12-Avgust, 2024-yil 16:21 249
Yangiliklar
INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkiga Janubiy Koreyaning Gyeonggi viloyati yoshlari tashrif buyurdi.

Tashrif buyurgan mehmonlar texnopark hududidagi zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari, innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan robototexnika va elektronika, biotexnologiya, standartlashtirish va metrologiya laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi. Yoshlarga texnoparkdagi elektronika va robototexnika yo'nalishlari bo'yicha, hamda amalga oshirilayotgan loyihalar to'g'risida ma'lumotlar berildi.