12-Sentabr, 2024-yil 9:06 248
Yangiliklar
“Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat texnologiyalarini tadqiq qilish” mavzusida xalqaro ilmiy amaliy anjumani o'z ishini boshladi.

Ushbu anjuman Turkiya davlati Chukurova universiteti, Turkiya Sharqiy Oʻrta Yer dengizi qishloq xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Anjumanda Turkiya Respublikasi, Ozаrbayjon Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi va boshqa chet el universitetlarining yetakchi olimlari ва professorlari ishtirok etishmoqda. Shuningdek, qishloq xo'jaligi va atrof-muhit, bioenergiya va bioyoqilg'i texnologiyalari, issiqxona texnologiyalari, quritish texnologiyalari, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarining zamonaviy muammolariga innovatsion yechim topish, oziq - ovqat texnologiyalari sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda tajriba almashishdan iborat.