19-Sentabr, 2024-yil 9:21 240
Yangiliklar
Janubiy Koreyalik mutaxassislar texnoparkka tashrif buyurdi.

Janubiy Koreya investitsiyalar va texnologiyalarni rag'batlantirish ofisi direktori Shin Maengho, sanoatni takomillashtirish uyushmasi prezidenti Kim Taewhan boshchiligidagi delegatsiya vakillari INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurdi. Tashrif buyurgan mehmonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilg'or texnologiyalarni joriy etish, hamda texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ishlab chiqarish zonasidagi ish jarayonlari, metall kesish, qolip yasash dastgohlari ko'zdan kechirildi.Ish jarayonlari yuzasidan batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, texnoparkda amalga oshirilayotgan yangi ishlanmalar hamda ilmiy-innovatsion loyihalar bilan tanishildi. Kelgusidagi hamkorlik yuzasidan fikr - mulohazalar almashinib, rejalar belgilab olindi.