23-Sentabr, 2024-yil 14:55 227
Yangiliklar
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Janubiy Koreyaning Yeungnam universiteti qo‘shma ta'lim dasturining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 20 sentyabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining Janubiy Koreya bilan hamkorlikdagi qoʻshma IT fakulteti — AKITA "Academy of Korea IT Allianc"ning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Janubiy Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi, INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparki bosh direktori Mansur Sultanov, ikki davlatning 30 ga yaqin IT soha vakillari hamda nufuzli oliy ta'lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari "AKITA"ning ochilishi Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash, mamlakatda innovasion texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq yuqori darajadagi IT-mutaxassislarini tayyorlashda muhim qadam boʻlishini ta'kidladilar.