25-Sentabr, 2024-yil 15:07 222
Yangiliklar
Eron texnoparklari bilan kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

📌24 sentabr kuni INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkiga Eron Islom Respublikasining ishlab chiqarish sanoati avtomatizatsiyasining eksport xizmati boshqaruvchi vakili Bonyan Calay Iranian tashrif buyurdi. ▶️Texnopark bosh direktori Mansur Sultanov yaratilgan shart - sharoitlar va imtiyozlar haqida batafsil ma'lumot berib o'tdi, hamda texnopark rezidentlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko'zdan kechirildi. 🌐Muzokaralar bo'lib o'tdi, o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, rejalar belgilab olindi.Kelgusidagi kelishuvlar innovatsion soha rivoji uchun muhim ekanligi ta'kidlandi. 🤝Ushbu hamkorlik ikki davlat texnoparklari o'rtasida tajriba almashish, yangi texnologiyalarni yaratilishiga asos bo'lib xizmat qiladi.