26-Sentabr, 2024-yil 15:00 97
Yangiliklar
INNO innovatsion o'quv- ishlab chiqarish texnoparkida kelgusidagi hamkorlik bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tdi.

INNO innovatsion o'quv- ishlab chiqarish texnoparki bosh direktori Mansur Sultanov Skolkovo fan va texnologiyalar institutining maqsadli kapital jamg'armasi direktori va loyiha rahbari Andrey Andreeyevich, AQShning Oregon universiteti professori, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti ilmiy xodimi Mixail Giorgiyevich, loyiha maslahatchisi Anastasiya Shepkova va Timur Avazxodjayev bilan muzokaralar bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida O'zbekistondagi oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlikda faoliyatni yo'lga qo'yish, texnika va innovatsion sohada tajriba almashish, kelgusida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar ko'rib chiqildi. OTM muassasalarida texnika yo'nalishida tahsil olayotgan talaba - yoshlarga turli loyihalar tashkillashtirish va grantlar ajratish bo'yichga rejalar belgilandi va hamkorlikda amalga oshirish bo'yicha takliflar bildirildi.