1-Noyabr, 2024-yil 15:14 217
Yangiliklar
"Inno" texnoparki va Janubiy Koreya o‘rtasida innovatsion hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda.

"Inno" innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkiga Janubiy Koreya Respublikasi iqtisodiyotining turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan innovatsion sohaga tegishli ishbilarmon doira vakillari tashrif buyurdi. Delegatsiya a'zolari zamonaviy tibbiyot va tashxis uskunalari, arxitektura va yoritish tizimlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat uchun aqlli plyonkalar, robototexnika va 3D dizayn hamda kosmetika sanoati vakillaridan iborat. Texnoparkdagi biznes yuritish va startaplarni amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘z korxonasini tashkil etish borasidagi imkoniyatlar bilan tanishdilar. Koreya ishbilarmonlari o‘rtasida respublikamizda innovatsion tovarlar ishlab chiqarish va zamonaviy xizmatlarni ko‘rsatishga qaratilgan biznes hamkorlikning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar amalga oshirildi.