16-Noyabr, 2024-yil 13:57 128
Yangiliklar
“InnoWeek-2024” doirasida Yoshlar akademiyasi assambleyasi o’tkazildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o’rinbosari O.Mahkamov, Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro “Ziyo Forum” fondi direktori B.Farmonov hamda 40 nafar Yoshlar Akademiyasining oliy ta’lim muassasalaridagi liderlari, 11 nafar Yoshlar Akademiyasining hududlardagi liderlari, 40 nafar oliy ta’lim muassasalari fakultet liderlari va 60 nafar Yoshlar Akademiyasi a’zolari ishtirok etdilar. Yoshlar Akademiyasi Assambleyasidan yakunida ilmiy-innovatsion tadbirlar faol ishtirokchilari hamda tanlovlar g‘oliblari bo‘lgan jami 30 nafar yoshlarni taqdirlash marosimi o’tkazildi